“Real” hujumchisi A seriya klubiga o‘tishi mumkin

  • 18 iyun, 2022, 16:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Luka Yovich yangi mavsum oldidan Italiya A seriyasi klubiga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Fiorentina" serbiyalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Qayd etilishicha, Italiya klubi futbolchini 1 yillik ijaraga olmoqchi. "Binafsharanglilar" Madrid klubi hujumchining maoshi bir qismini to‘lab berishiga umid qilmoqda. Yovichning o‘zi ham boshqa klubga o‘tishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Luka "Real"ga 2019 yilning yozida Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 63 million evro evaziga o‘tgan edi.

2021/2022-yilgi mavsumda Luka “Real” safida barcha turnirlar doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 3 ta golli uzatma mualliifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!