
"Real" himoyaga Italiyadan futbolchi olib kelmoqchi
"Real Madrid" italiyalik himoyachi Alessandro Bastonini safga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda "Todo Fichajes" nashri xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Madrid jamoasi futbolchini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelmoqda. Biroq, italiyalik futbolchining bu mavsumda ko‘rsatgan yuqori natijasi "qaymoqranglilar"ni qiziqtirib qo‘ydi.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, "Inter" Bastonidan voz kechishni xohlamayapti. Ammo klubning moliyaviy qiyinchiliklari ularni takliflarga quloq tutishga majbur qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Bastonining Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali 25 yoshli himoyachini 75 million evroga baholamoqda.
Fikrlar