“Real” hech kim tanimaydigan o‘yinchini oladigan bo‘lyapti

  • 29 sentabr, 2024, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari oldida kelasi yozda jamoaga olib kelish uchun har tomonlama munosib himoyachi topish vazifasi turibdi.

Tecno

Skautlar madridliklar “Leyptsig” himoyachisi Kastello Lyukebani olishni tavsiya qilmoqda.

Marca nashrining yozishicha, “Real” ham 21 yoshli futbolchiga qiziqib qolgan. Ular Lyukebani kelasi yozda transfer qilishni istayapti.

Frantsiyalik markaziy himoyachisi “Lion” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bundesliga jamoasi uni 2023 yili 30 million evroga transfer qilgan edi.

Ayni paytda 40 million evroga baholanayotgan Lyukemba 2023 yili Frantsiya terma jamoasiga ham jalb qilib, bitta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!