“Real” hech kim tanimaydigan o‘yinchi oladi
Madridning “Real” klubi Gretsiya futbolidan porlab chiqqan 18 yoshli Xristos Muzakitisni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
“Olimpiakos” yarim himoyachisi uchun “Qirollik klubi” 28,5 million evro miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Muzakitisni olish uchun madridliklar “Manchester Yunayted” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Angliya klubi ham yosh yarim himoyachi uchun deyarli “Real” bilan bir xil miqdorda badal puli taklif qilyapti.
Muzakitis joriy mavsumda 16 ta uchrashuvda ikki assist qayd etgan. Transfermarkt portalida 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi 15 million evroga baholangan.
Amaldagi shartnomasi — 2029 yilgacha. ma’lumotlariga ko‘ra, uning qiymati — 15 mln evro.



Fikrlar