“Real” Gyuler uchun yana pul to‘laydi

  • 3 noyabr, 16:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining o‘n birinchi turida musobaqa peshqadamlik qilayotgan Madridning  “Real” jamoasi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Valensiya”darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi.

Tecno

Ushbu bahsda madridliklar safida turkiyalik legioner Arda Gyulerning ishtirok etgani “Qirollik klubi” uchun kattagina xarajatga tushdi. Gap shundaki, bu 20 yoshli futbolchi uchun “Real” safidagi 75-o‘yin sifatida qayd etildi.

“Fenerbahche” va “Real” o‘rtasidagi Gyuler transferiga oid shartnomada agar turkiyalik charm to‘p ustasi Madrid superklubida 75 ta o‘yin o‘tkazsa, 2 million evro bonus to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Bu haqda Diario AS nashri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lumot tarqatdi.

Arda Gyuler “Real”ga 2023 yilning yozida olib kelingan. Iste’dodli o‘yinchi uchun ispanlar “Fenerbahche”ga 26 million evro to‘lagan. Hozirga qadar yarim himoyachi “Real”da 75 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 17 ta golli uzatma rasmiylashtirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!