"Real" grandlar nishonidagi futbolchini olib qolmoqchi

  • 25 oktabr, 2022, 15:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yarim himoyachi  Marko Asensio bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda AS nashri yozmoqda. 

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" havbekka maosh tomonlama yaxshilangan 3 yillik yangi bitim taklif qilmoqchi. Klubning avvalgi taklifi futbolchini qoniqtirmagan edi.

26 yoshli futbolchi xizmatiga APLning 3 klubi: "Arsenal", "Liverpul" va "Tottenxem"dan qiziqishlar bor. Shuningdek, "Barselona" ham Markoni o‘z safida ko‘rishga tayyor. Asensioning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi kelishuvi 2023 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!