“Real” futbolni “o‘ldirmoqchi”! La Liga xo‘jayini “Qirollik klubi”ni tanqid qildi

  • 5 fevral, 10:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga prezidenti Xaver Tebas “Real” xo‘jayini Florentino Peres Superligani tashkil qilish tarafdori bo‘lgani uchun uni keskin tanqid qildi.

Tecno

- Superliga tashkil etish g‘oyasi ortida kimlar turgani haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish talab etiladi. Ko‘pchilik buning ortida Florentina Peres borligini tan olishni istamaydi. Hammaning yuzi ochiladi.

Futbolni qutqarish borasida Peresga o‘xshab fikrlash yaramaydi, uch yilda uch xil formatni taklif ham qilib bo‘lmaydi.

Buni televizion model misolida ko‘rish mumkin. Boshida hammasi bepul ekani aytiladi, keyin gibrid usulga o‘tiladi va oxirida hamma narsa nimaga borib taqalishini barcha yaxshi anglab turibdi.

Tasavvur qiling: hafta davomida bepul futbol tomosha qilasiz. Dam olish kunlari  milliy ligalar o‘yini uchun pul to‘lash shart bo‘ladi. Buning effekti buzg‘unchilikdan boshqa narsa bo‘lmaydi. “Real” o‘z oldiga futbolni qutqarish emas, uni “o‘ldirish” vazifasini qo‘yganga o‘xshaydi, - dedi Xaver Tebas.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!