
“Real” futboldan chetlatilgan hujumchiga xaridor
“Real” skautlari jamoa hujum chizig‘ini kuchaytira oladigan o‘yinchi qidirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Ispan nashrlariga ko‘ra, madridliklar “Brentford” forvardi Eyvan Touni uchun kurashga qo‘shilishga qaror qildi.
27 yoshli hujumchi futbol uchrashuvlariga pul tikib, qimor o‘ynagani sababli sakkiz oyga futboldan chetlatilgan edi. Yanvar oyi 17-sanasida uning diskvalifikatsiyasi yakunlanadi.
Ayni paytda Touniga Angliya Premer-ligasining bir necha grand klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, o‘yinchi hali bir qarorga kelgani yo‘q. Futboldan uzoq muddat chetda yurgani bois, hozirgi sport formasi qay daraja ekanini hech kim bilmaydi. Shuning uchun ham Touni ma’lum muddat “Brentford”da to‘p tepish variantini tanlashga moyil bo‘lib turibdi.
Fikrlar