"Real" futbolchisi yozda klubni tark etadi

  • 11 dekabr, 19:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" himoyachisi David Alaba yozda klubni tark etadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Tecno

Jurnalistning yozishicha, himoyachining o‘zi madridliklar safida qolishni istayotgan bo‘lsa-da, lekin "qirollik klubi" avstriyalik himoyachi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Alabaning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. 

Hozirda Davidga faqat Saudiya Arabistoni jamoalaridan takliflar bo‘lmoqda. Lekin futbolchi Evropadan taklif kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli himoyachi 2021 yildan beri "Real" safida harakat qilib keladi. Futbolchi shu davr mobaynida 120 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!