
"Real" futbolchisi Xames yana Anchelotti qo‘l ostida to‘p tepishi mumkin
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Angliyaning "Everton" jamoasida davom ettirishi mumkin.
The Telegraph xabariga ko‘ra, Xamesning xizmatlariga u bilan "Real" va "Bavariya" klublarida birga ishlashgan "Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qiziqmoqda.
Madrid klubi futbolchining transferi uchun qancha talab qilishi ma’lum emas, ammo muzokaralar ikki klub uchun ijobiy tarzda yakunlanishi taxmin qilinmoqda.
Fikrlar