
"Real" futbolchisi "Vilyarreal"ga o‘tishi mumkin
“Real” Madrid klubi yarim himoyachisi Oskar Rodriges mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
ESPN nashrining xabar berishicha, 22 yoshli ispaniyalik futbolchini “Vilyarreal” o‘z safida ko‘rmoqchi. “Sariq suv osti kemasi” bu borada “qirollik klubi” bilan muzokaralarni ham boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun, Rodriges mavsumni “Leganes” safida ijarada o‘tkazdi va La Ligada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar