
"Real" futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
"Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl uzoq muddatga safdan chiqdi.
32 yoshli uelslik futbolchi "Selta"ga qarshi bahs oldidan mashg‘ulotlarda jarohat olgan. U bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va Garetning o‘ng sonida jiddiy shikastlanish aniqlandi.
"Marca" nashrining xabar berishicha, Beyl "qirollik klubi"ning oldindagi 6 ta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. U oktyabr oyining o‘rtasida safga qaytishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Uels terma jamoasi a’zosi ushbu mavsum La Liganing 3 o‘yinida 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar