"Real" futbolchisi mavsumni Kataloniya klubida davom ettirishi mumkin

  • 2 oktabr, 2021, 10:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubining yosh yarim himoyachisi Antonio Blanko faoliyatini "Espanol"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Defensa Central nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Kataloniya klubi "Real"ga qarshi o‘yindan oldin “qirollik klubi” rahbariyati bilan Antonio Blankoni joriy qishki transferlar davrida ijaraga olish masalasini muhokama qilmoqchi.

"Espanol" va "Real" La Liganing 8-turida o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu o‘yin 3 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.

Blanko joriy mavsum "Real" safida La Ligada bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!