
“Real” futbolchisi jamoadan ketishga yaqin turibdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Luka Yovich “Fiorentina”ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar berdi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli serb ertaga, 8 iyul kuni Florentsiyaga uchib ketadi va yangi jamoasi bilan 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi. Shuningdek, bitimga kelishuvni yana 2 yilga uzaytirish haqidagi band ham kiritiladi.
Futbolchi "Fiorentina"ga tekinga o‘tadi, ammo “qirollik klubi” uning 50 foiz huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.
2021/22 yilgi mavsumda Yovich “Real”ning barcha musobaqalar doirasidagi 19 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” portali hujumchining narxini 16 million evroga baholamoqda.
Fikrlar