
"Real" futbolchisi grandlar nishonida!
"Real" yarim himoyachisi Lukas Vaskes jamoasini to‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "El Nacional" xabar tarqatdi.
Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchiga etarlicha o‘yin amaliyoti taqdim etmayapti. Joriy mavsum Vaskes 12ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
30 yoshli havbekka "Valensiya", "Sevilya", "Roma", "Napoli" va Londonning "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar