"Real" futbolchilari mashg‘ulotlarga borish bo‘yicha muammoga duch keldi. Shu bois, FIFAdan g‘azabda

  • 27 iyun, 23:59
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Zaltsburg" ustidan 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabadan so‘ng madridliklar maydonda emas, maydon tashqarisida muammolarga duch keldi.

Tecno

"COPE" va "Goal" nashrlarining xabar berishicha, "Real" FIFA tomonidan yo‘lga qo‘yilgan logistikadan qattiq norozi. "Palm-Bich"dagi mashg‘ulot lageriga qaytish jarayoni ko‘p soatlik murakkab voqeaga aylandi.

Avval futbolchilar stadion yonidagi avtobuslarda uzoq vaqt kutgan, keyin esa aeroportda bir necha soat kutishga majbur bo‘lgan. Faqatgina tong otganda mehmonxonaga joylashishga muvaffaq bo‘lishgan. Safar esa 6 soatdan ortiq vaqt olgan.

"Real" rahbariyati bu holatdan qattiq g‘azabda. Ular FIFAni bu darajadagi turnirga munosib sharoit yarata olmaganlikda ayblamoqda va bunday holatlar jamoaning 1/8 finaldagi "Yuventus"ga qarshi o‘yiniga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mr. Azimov
28/06/2025 10:55
Temur Kapadze OTJ bilan shunaqa sharoitda qolib ketgan. Daje bundan ham battar ahvolda. Lekin kopchilik chala bilimdonlar bu sabab emas deb Temurni ayblashgandi. Realdek jamoa isbotlab turibdi va buni jiddiy sabab hisoblab, o‘yin natijasiga tasiri haqida havotirda. O‘zi Temurni asosan realni lattavoy muhlislari yoqtirmasdi, chunki u Gvardiola uslubini yahshi ko‘rardi. Endi nima bo‘ladi real nolib o‘tiribdi AQSH dagi sharoitlardan??? Juvega yutqasa pps bo‘lardi)))