"Real" futbolchilari jarohat olishda davom etadi. Navbat Vinisiusga keldi

  • 26 avgust, 2023, 06:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" La Liganing 3-turida "Selta" maydonida safar uyushtirib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni 81-daqiqada Bellingem kiritdi. Ushbu bahs Madrid jamoasi uchun og‘ir o‘tdi va katta yqotishga sabab bo‘ldi. 

Tecno

O‘yinning 18-daqiqasida Vinisius o‘zini noqulay his qilib, almashtirilishini so‘radi va uning o‘rniga maydonga Xoselu tushdi. Ma’lum bo‘lishicha, tez orada braziliyalik vingerning qachon safga qaytishi aniq bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda "Real"ga Kurtua, Militao, Sebalos, Gyuler, Mendilar jarohat sabab yordam bera olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!