
"Real" futbolchi bilan xayrlashdi
“Real” yarim himoyachisi Oskar Rodriges rasman boshqa jamoaga o‘tdi. Iste’dodli futbolchi madridliklar asosiy tarkibiga kira olmadi va faoliyatini “Sevilya”da davom ettirishga rozi bo‘ldi.
“Real” rahbariyati Oskarga klubdagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.
“Sevilya” bu futbolchining 75 foiz transfer huquqini qo‘lga kiritish uchun 16 million evro to‘ladi. 25 foiz transfer huquqi “Real”da saqlanib qoldi. Oskar Rodrigesning madridliklar bilan shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan edi.
O‘tgan mavsumni ijara asosida “Levante”da o‘tkazgan Oskar 30 ta o‘yinda to‘qqizta gol urishga erishdi.
Fikrlar