
"Real" Frantsiyada to‘p tepayotgan futbolchini kuzatmoqda
"Real" o‘z tarkibini yanada kuchaytirish bo‘yicha rejalar tuzmoqda. Taniqli jurnalist Santi Aunaning Madrid Xtra nashriga ma’lum qilishicha, Madrid superklubiga "Renn" himoyachisi Jeremi Jake yoqadi. "Qaymoqranglilar" 20 yoshli futbolchini kuzatib bormoqda.
Manba hech qanday tafsilotlarni oshkor qilmagan. Taxmin qilish mumkinki, "Real" kelajakda Jakeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Jeremi Jakeni 10 million evroga baholamoqda. Himoyachining "Renn" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
"Renn"ning asosiy jamoasida Jake 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va sherigiga bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar