
"Real" Frantsiya terma jamoasi a’zosini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
Germaniyaning “RB Leyptsig” klubi himoyachisi Kastello Lyukeba kelasi jamoasini o‘zgartirishi mumkin. 21 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga Ispaniyaning top-klublaridan biri qiziqish bildirmoqda.
Marca nashri xabariga ko‘ra, "Real" Madrid markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. “Qirollik klubi” yozgi transfer oynasida kelishuvni yakunlashni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt Kastelloning ayni damdagi bozor narxini 40 million evroga baholamoqda. Uning nemis grandi bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar imzolangan.
Kastello Lyukeba Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar