“Real” Evropaning eng yorqin talantini ham olyapti

  • 18 may, 13:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bayer”ning muvaffaqiyatlarida katta rol o‘ynab kelayotgan 22 yoshli hujumkor futbolchi Florian Virts shu yoz boshqa grand klubga o‘tishi kutilmoqda.

Tecno

Aslida Bundesliga chempioni “Bavariya” iste’dodli pleymeykerni o‘z safiga qo‘shib olish uchun o‘yinchining og‘zaki roziligini olgan edi. Myunxenliklar Virts uchun Leverkuzen klubiga 100 million evro atrofida badal puli to‘lamoqchi.

Biroq ishga “Manchester Siti” va “Real” kabi qudratli klublar aralashganidan keyin “Bayer” o‘z etakchisini 150 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi.

Sky Sport Germany nashri jurnalisti Florian Plettenbergning yozishicha, “Real” Virtsni olish uchun bir nechta transfer amaliyotini amalga oshirmoqchi. Xususan, klub braziliyalik hujumkor futbolchi Rodrigoni boshqa klublarga sotib yuborganidan keyin Virts masalasini hal qilishni rejalashtirmoqda.

“Real”ni boshqarishga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Bayer” ustozi Xabi Alonso Madrid klubida o‘zi qo‘llaydigan o‘yin sxemalari haqida gapirib, oldingi chiziqda Kilian Mbappe va Vinisius Juniorni o‘ynatishini aytdi. Ispaniyalik mutaxassis Rodrigo uchun o‘yin vaqtini kafolatlagani yo‘q.

Rodrigoning o‘zi ham “Real”da ikkinchi planga o‘tib qolganidan norozi va yozgi transferlar vaqtida boshqa grand klubga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!