“Real” Evropada ajoyib rekord o‘rnatdi

  • 9 dekabr, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” himoya chizig‘i to‘rt yildan buyon Evropa klublari orasida eng mustahkami bo‘lib turibdi.

Statistika mutaxassislarining ta’kidlashicha, madridliklar 2019-2020 yilgi mavsumdan beri jami 167 ta uchrashuvda o‘z darvozasidan 129 ta to‘p olib chiqqan. Bu har bir uchashuvga 0,77 ta gol to‘g‘ri kelishidan dalolat beradi.

Marca nashriga ko‘ra, bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rin Madridning yana bir klubi “Atletiko”ga tegishli. Diego Simeone jamoasi 166 ta o‘yinda o‘z darvozasidan 141 ta to‘p olib chiqqan.

Kuchli uchlikka PSJ ham kiritildi. Parijliklar to‘rt mavsum davomida 155 ta o‘yinda jami 139 ta to‘p o‘tkao‘ib yuborgan.

Yana bir e’tiborga molik natija shundan iboratki, “Real” joriy mavsumning dastlabki 15 ta uchrashuvida atigi to‘qqizta gol o‘tkazib yubordi va bu klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Avvalgi rekord 2019-2020 yilgi mavsumda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda madridliklar Zinedin Zidan qo‘l ostida 15 ta uchrashuvda o‘z darvozasidan 11 ta to‘p olib chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!