
"Real" evrokuboklardan chetlatiladi! Agar...
"Real" Madridni evrokuboklarga qo‘ymaslik bo‘yicha tahdid qilinmoqda. Bu haqda Telegraph Sport nashri xabar bermoqda.
UEFA Evropa Superligasi rahbari etib tayinlangan Florentino Peres "Real" prezidentligidan ketmasa, “Qirollik klubi”ni qit’a musobaqalaridan chetlatmoqchi.
Bundan avvalroq, Peres Superliga klublariga va ularda o‘ynayotgan futbolchilarga hech qanday taqiq qo‘ya olmasligiga 100 foiz amin ekanini aytgan edi.
Superliga 19 aprel kuni tashkil etilgan edi. Ammo muxlislar tomonidan ushbu musobaqaning qo‘llab-quvvatlanmagani va yuqori tashkilotlarning kuchli qarshiligi sabab, loyiha o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Fikrlar