"Real" EChL finalchisini tarkibga qo‘shib olmoqchi
"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
"Fichajes" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi xizmatiga "Real" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Alessandroning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda. Shuningdek, "neradzzurilar" jamoa etakchilaridan biri hisoblangan Bastonini sotish haqida o‘ylamayapti.
Ma’lumot uchun, himoyachining "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.



Fikrlar