
“Real” “devori” Ryudiger faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishini aytdi
Germaniya terma jamoasi futbolchisi Antonio Ryudiger “Real” himoya chizig‘ini mustahkam ushlab turgan himoyachi hisoblanadi.
Bu futbolchiga yozda Saudiya Arabistoni klublaridan jiddiy takliflar bo‘ldi. Biroq tajribali himoyachi Madridda qolishni afzal bildi.
Relevo nashrining yozishicha, Antonio Ryudiger “Real”dan ketadigan bo‘lsa, aynan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishini bildirgan.
Germaniyalik charm to‘p ustasi faoliyatining yakuniy bosqichida moliyaviy ahvolini mustahkamlab olish imkoniyatidan foydalanishni juda maqbul variant sifatida qabul qilmoqda.
Ryudigerning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. 31 yoshli himoyachi klub oldidagi burchini to‘liq bajarib bo‘lganidan keyingina Saudiya Arabistoniga yo‘l oladigan bo‘ldi.
Fikrlar