
"Real" darvozaboni APLga yo‘l olishi mumkin
"Real" darvozaboni Andrey Lunin faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishi mumkin, deya yozmoqda "Mirror" nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, "bolg‘achilar" ukrainalik posbonni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Transfer yozda amalga oshishi kutilmoqda. Londonliklar rahbariyati Luninni 37 yoshli Lukash Fabianskiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Avvalroq, "qirollik klubi" futbolchisi o‘yin amaliyotisiz qolayotgani sababli jamoasini o‘zgartirishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.
Fikrlar