
“Real” chempionlik yo‘lidagi raqobatchi “Jirona”ni kuchsizlantira boshladi
Joriy mavsumda “Jirona” chempionlik uchun kurashda “Real”, “Barselona” va “Atletiko” singari grand klublar bilan raqobatlashyapti.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Real” mutasaddilari “Jirona” himoyasida muvaffaqiyatli o‘ynayotgan Migel Guterresni transfer qilmoqchi.
Qizig‘i shundaki, 22 yoshli himoyachi aslida “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madridliklar uni 2022 yilning yozida 4 million evro evaziga “Jirona”ga transfer qilgan edi.
Futbolchining shartnomasida “Qirollik klubi” uni qayta sotib olishi mumkinligi haqida band kiritilgan. “Real” vakillari aynan mana huquqdan foydalanmoqchi.
Guterres ham sobiq jamoasining rejalaridan xabardor. Biroq himoyachi o‘yin amaliyotini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun mavsum oxiriga qadar “Jirona”dan ketmasligini ta’kidladi.
“Jirona” bu o‘yinchini 4 million evroga xarid qilgan va u bilan 2027 yilning yarmigacha shartnoma imzolagan. Bugungi kunda iste’dodli himoyachining transfer narxi 22 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar