
“Real” Chempionlar ligasi finali qahramonini olib keladi
“Real” tarkibdagi o‘zgarishlar tufayli yangi ijrochilarni olishga majbur bo‘lmoqda. Xususan, madridliklar bir yil avval jamoani tark etgan Toni Kross va hamkorligi tugayotgan Luka Modrichning maydon markazidagi o‘rnini bosa oladigan futbolchi qidirmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” bu pozitsiyaga PSJ yarim himoyachisi Vitinyani mo‘ljallayapti. Ispan grandi mutasaddilari portugaliyalik futbolchining Chempionlar ligasi finalidagi o‘yinidan keyin bu transferni amalga oshirish kerak, degan fikrga keldi.
Madridliklarga Vitinyaning o‘yinni tashkil qilishi, raqib hujumlarini kesib qo‘yishi, aql bilan o‘ynashi, gol ura olishi va texnik imkoniyatlari juda ma’qul bo‘ldi.
25 yoshli Vitinyaning o‘yin darajasi “Qirollik klubi” prezidenti Florientino Peresga shaxsan yoqqani aytilmoqda.
Parijliklar o‘z etakchisiga 100 million evro miqdorida narx belgilagan. Biroq “Real” hozircha bu summani to‘lashga tyyor emas. Manbaga ko‘ra, shu bois Florentino Peresning shaxsan o‘zi Vitinyani olib kelish harakatiga boshchilik qilmoqchi.
Fikrlar