“Real” o‘z futbolchisini “Chelsi”ga jo‘natmoqchi

  • 21 iyun, 2022, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Chelsi” rahbariyati “Real” himoyachisi Ferlan Mendini transfer qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“Aristokratlar” bilan shartnomasi yakunlangan Antonio Ryudiger madridliklar safiga o‘tib ketganidan keyin Mendiga boshlang‘ich tarkibdan joy tegmaydigan bo‘ldi. Karlo Anchelotti himoya markazida Ryudiger va Militao tandemidan foydalanmoqchi.

Murabbiy talabiga ko‘ra, universal himoyachi David Alaba chap qanotga – Mendining o‘rniga suriladi.

Klub xo‘jayinlari ortiqcha o‘yinchini ushlab qolmay, uni 50 million evroga sotib yubormoqchi. Bir necha himoyachisi ketib qolgan “Chelsi” esa bundan foydalanib qolishga qaror qilgan.

Frantsiyalik himoyachi “Real”ga kelganidan beri 105 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!