“Real”: Bu hujumchi Benzema o‘rnini oladi

  • 21 sentabr, 2022, 21:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘iga yangi o‘yinchi olgani yo‘q. Madridliklar asosiy nishon sifatida Kilian Mbappeni belgilagan edi. Biroq frantsiyalik forvard Parijda qolishni ixtiyor etdi.

Tecno

Marca nashri “Real” rahbariyati jamoa hujumchisi Rodrigo Goesning o‘yini kuchayib, bu futbolchi yaqin kelajakda asosiy to‘purar Karim Benzemaning o‘rnini egallashiga ishonayotgani haqida yozmoqda.

Bosh murabbiy Karlo Anchelotti 21 yoshli braziliyalik futbolchining iqtidoriga yuqori baho bermloqda va markaziy hujumchining bo‘yi 2 metr bo‘lishi shart emasligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Rodrigo joriy mavsumda uchta pozitsiyada o‘ynadi va La liganing to‘rtta uchrashuvida uchta gol urib, ikkita assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!