"Real" bu futbolchi "Bayer"ga o‘tishini xohlamadi

  • 27 yanvar, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" rahbariyati "Rayo Valekano"ning o‘ng qanot himoyachisi Fran Garsiyani sotib olish variantini faollashtirdi.

Tecno

Marca xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" tarbiyalanuvchisi kelasi yozda "Santyago Bernabeu"ga qaytadi.

"Real"ning bunday chora ko‘rishiga "Bayer" futbolchini sotib olishni rejalashtirgani sabab bo‘lgan. Garsiyaning "Rayo Valekano" bilan imzolagan shartnomasidagi tovon puli 10 million evro bo‘lib, “dorishunoslar” ushbu mablag‘ni to‘lashga tayyor edi.

Aytish kerakki, "Bayer" bosh murabbiyi "Real"ning sobiq yarim himoyachisi Xabi Alonso hisoblanadi. Ispaniyalik mutaxassis jamoasini “qirollik klubi” tarbiyalanuvchisi bilan kuchaytirishni xohlayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!