
“Real” bir guruh o‘yinchilardan voz kechdi
“Real” yozgi transferlar vaqtida faolligini oshirmoqchi. “Qirollik klubi” yangi o‘yinchilarni olish barobarida bir necha futbolchilarni sotib yubormoqchi. Bunga klub xo‘jayini Florentino Peresning xohishi asosiy omil bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Garet Beyl, Marselo va Iskoning ketishi hal bo‘lgan masala.
Marca nashri klub xo‘jayini yozda Eden Azar, Luka Yovich, Valexo, Dias va Sebalosni sotib yuborishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Peresning fikricha, bu o‘yinchilar jamoaga foyda keltirmay qo‘ygan.
Florentino Peres bu transferlardan keladigan mablag‘ va maoshdan tejalgan pullarning katta qismini Kilian Mbappeni olishga sarflaydi. Ayni paytda klub rahbariyati Erling Xoland transfer uchun etarli mablag‘ topish yo‘lida izlanmoqda.
Fikrlar