"Real" Beylni nega Xitoy klubiga sotmadi?

  • 25 iyul, 2019, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid rahbariyati nega "Tszyansu Sunin" klubidan uelslik vinger Garet Beylning transferi borasida kelgan taklifga rad javobi bergani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 30 yoshli futbolchi uchun “qirollik klubi”ga bor yo‘g‘i 22 mln evro taklif qilishgan. Futbolchining o‘ziga esa 2 yillik shartnoma va yiliga 17 mln evro maosh va’da qilishgan.

Aytish kerakki, madridliklar Beylning transferidan kamida 50-60 mln evro ishlab olishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Beylning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Biroq, jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zilan uning sotib yuborilishini xohlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!