
“Real” Beyl bo‘yicha haqiqatni yashiryapti
Ispaniyalik jurnalist Antonio Romero “Real” rahbariyati jamoa hujumkor futbolchisi Garet Beyl haqidagi haqiqatlarni yashirayotganini iddao qildi.
- Beylning belida jarohati borligini haqida bayonot berildi, Garet jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Santyago Bernabeu”ga kelgani yo‘q. Karlo Anchelotti va “Real” rahbariyati Beyl masalasida hammani chalg‘ityapti. Bunday qilish kerak emas. Ular hammasini o‘rtaga qo‘yib, aslida nima bo‘lganini ochiq aytishi kerak.
Krishtianu Ronaldu ketganida aynan Garet Beylga “Real”ning yangi etakchisi sifatida munosabat qilingan davrlar bo‘lganini ham unutmaslik kerak, - dedi Antonio Romero.
Garet Beyl belidan jarohat olgani tufayli “Barselona”ga qarshi o‘yinda qatnashmagani aytilganidan keyin futbolchi Uels terma jamoasi safida hech qanday cheklovlarsiz shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi. Natijada klub va o‘yinchi o‘rtasidagi munosabatlar ko‘ngildagidek ekaniga shubhalar ko‘payib bormoqda.
Garet Beyl “Real” safida Ispaniya chempionatida to‘rt marta maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi.
Fikrlar