"Real" Benzemaning qarorini kutmoqda

  • 30 may, 2023, 18:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi hujumchi Karim Benzemaga oxirigacha vaqt berdi, hujumchi kelajagi haqida qaror qabul qilishi kerak. Jurnalist Tomas Gonsales-Martenning so‘zlariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchining shu hafta oxirigacha o‘ylab ko‘rishga vaqti bor.

Tecno

Avvalroq Benzema "Real" bilan shartnomani uzaytirish borasidagi fikrini keskin o‘zgartirgani haqida xabar berilgan edi, garchi u avvalroq rahbariyatga yangi shartnomaga imzo qo‘yishga va’da bergan bo‘lsa ham. Gap shundaki, Karim Saudiya Arabistonidan ikki yil davomida 400 million evro maosh bilan taklif olgan. Matbuotda Benzema "Real"dan ketishga yaqin qolgani haqida mish-mishlar ham tarqalmoqda.

“Qaymoqranglilar” rahbariyati Karimdan tez qaror qabul qilishni, uning ketishi taqdirda yangi forvard qidirish ishlarini kuchaytirishni so‘ramoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!