“Real” Benzemaga o‘rinbosar topib qo‘ygan

  • 25 iyun, 2022, 12:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Braziliyaning “Botofogo” klubining 18 yoshli hujumchisi Mateus Nasimentoning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Tecno

Ispaniyaning AS nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" 34 yoshli hujumchi Karim Benzemaga o‘rinbosar qidirmoqda va bunga Mateus munosib deb ko‘rilmoqda. Manbaning aniqlik kiritishicha, agar futbolchi Madrid grandi safiga o‘tadigan bo‘lsa, u Ispaniyaga moslashib olguncha, "Real B" jamoasida o‘ynaydi.

18 yoshli Mateus 2020 yilning kuzida “Botofogo” safida debyut qilgan. Braziliya chempionatining joriy mavsumida 18 ta uchrashuvda qatnashib, 7 ta gol va 7 golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!