“Real” Benzema o‘rniga superto‘purar olib keladi

  • 23 fevral, 2023, 10:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati hamon Karim Benzema o‘rnini bosa oladigan hujumchi topgani yo‘q. Biroq, mutasaddilari turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Madridliklar ro‘yxatiga joriy mavsumda yana to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilayotgan Markus Reshford ham kiritildi. Bu haqda Daily Express nashri xabar berdi.

“Manchester Yunayted” yaqinda o‘z tarbiyalanuvchisiga narx qo‘ygan edi. Unga ko‘ra, 135 million evrodan voz kechgan klub 25 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Reshford joriy mavsumda barcha turnirlarda 35 marotaba maydonga tushib, 22 ta gol va 8 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!