
"Real" Benzema o‘rniga dunyoning eng qimmat futbolchisini olib kelmoqchi
Madridning "Real" klubi hujum chizig‘ini mahoratli futbolchi bilan kuchaytirishni maqsad qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, "qaymoqranglilar" "Pari Sen-Jermen" vakili Kilian Mbappeni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. U yoshi tobora o‘tib, ko‘p jarohat ola boshlagan hamyurti Karim Benzemaga munosib o‘rinbosar bo‘lishi kutilyapti.
24 yoshli Mbappe o‘tgan mavsumda "qirollik klubi" safiga o‘tishni istamagandi. Shundan so‘ng futbolchi uchun jamoa eshiklari butunlay yopilgani taxmin qilingandi. Biroq hozir vaziyat o‘zgargan.
Kilian Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati to‘purariga beriladigan sovrinni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, u "Transfermarkt" talqini bo‘yicha dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi - 180 million evro.
Fikrlar