"Real" "Benfika" himoyachisiga jiddiy qiziqmoqda

  • 10 may, 19:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyaning "Benfika" klubi himoyachisi Alvaro Karerras Madridning "Real" klubi qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" vakillari himoyachining "Sporting"ga qarshi o‘yinini ko‘rish uchun Lissabonga yo‘l olishgan. 

"Benfika" Karerras uchun 50 million evro so‘rashni rejalashtirgan, biroq "Real Madrid" xarajatni kamaytirishning boshqa usulini qo‘llamoqchi. Gap shundaki, "Manchester Yunayted" ushbu futbolchini 18 million evroga qayta sotib olish huquqiga ega va madridliklar aynan shu variantdan foydalanmoqchi.

Shuningdek, ta’kidlash kerakki, Alvaro Karerras o‘z vaqtida "Real Madrid" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!