
"Real" "Bavariya" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
"Real" "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi uchun 80 million evro sarflashga tayyor.
Madridning "Real" klubi maydon markazida Toni Kroos bilan juftlikda harakat qiluvchi Luka Modrichga o‘rinbosar izlay boshladi. "Todofichajes" nashrining xabariga ko‘ra, "qirollik" klubi e’tiboriga "Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix tushgan.
Ispan grandi xo‘jayinlari 28 yoshli nemisni 2022/2023 yilgi mavsum yakunida qo‘lga kiritishga harakat qilishadi. Kelishuv ancha qimmatga tushishi mumkin, chunki Kimmixning narxi 80 million evroga baholanmoqda. Yarim himoyachining "qizillar" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Germaniyalik yarim himoyachi Bundesliganing joriy mavsumida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar