“Real” “Barsa” kuchayganidan xursand

  • 12 avgust, 2022, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” prezidenti Florentino Peres jamoaning ashaddiy raqibi “Barselona” haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Har bir jamoa yaxshi yoki yomon o‘ynagan mavsumlar bo‘ladi. “Barselona” esa “Real” bilan jahon futbolida muhim o‘rin tutadigan jamoalardan.

“Barselona” avvalgi mavqeiga ko‘tarilishi kerak. Bu hammamizga va jahon futboliga zarur holat. Biz hayotimiz davomida hamma narsani yuta olmaymiz. Lekin har doim muxlislarimiz ishonchini oqlash va ularni xursand qilish harakatidamiz, - dedi "Real" rahbari Florentino Peres.

Eslatib o‘tamiz, “Real” o‘z tarixida ichki va xalqaro musobaqalarda 98 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. “Barselona”da bu ko‘rsatkich 97 tani tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!