
"Real" Azarning vakillari bilan uchrashadi
"Real" rahbariyati Eden Azar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqchi.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, shu haftalarda tomonlar belgiyalik futbolchining kelajagi haqida gaplashishadi.
Klub, agar yaxshi taklif tushsa, yarim himoyachi yozda ketgani ma’qul, deb hisoblamoqda. Azar bosh murabbiy Karlo Anchelotti ketgan taqdirdagina Madrid jamoasida muntazam o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda La Ligada atigi 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar