"Real" Azarning o‘rniga kimni olib kelishi ma’lum

  • 6 may, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachisi Mussa Diabi “Real”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Madrid klubi rahbariyati 22 yoshli frantsiyalik futbolchini jamoa safida ko‘rmoqchi. "Real" Mussa Diabiga e’tibor qaratmoqda, ammo agar ba’zi o‘yinchilar “qirollik klubi”nini tark etsa, ushbu transfer yanada haqiqatga yaqin keladi.

Xususan, gap yarim himoyachi Eden Azar haqida ketmoqda, u amalda "Real"da o‘ynay olmayapti. Shu bois belgiyalik futbolchi mavsumlar oralig‘ida boshqa jamoaga yo‘l olish ehtimoli yuqori.

Diabining transfer narxi esa 50 million evroga baholanmoqda. Diabi joriy mavsum Bundesliganing 30 ta o‘yinida 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!