"Real" APLdan himoyachi sotib olmaydi

  • 28 noyabr, 15:48
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" klubi "Liverpul" rahbariyatiga himoyachi Ibraima Konate transferi bilan qiziqmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, madridliklar frantsiyalik futbolchini yozda erkin agent sifatida tarkibga qo‘shish variantinni ko‘rib chiqqan. Ammo joriy mavsum Konatening ko‘rsatayotgan salbiy o‘yinlari sabab "Real" transferdan voz kechdi.

Bundan tashqari, mersisaydliklar futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha qat’iy pozitsiyasini ko‘rsatgan. Endi esa ko‘p narsa uning shaxsiy qarorlariga bog‘liq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsumda "qizillar" safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Transfermarkt uni 55 million evroga baholamoqda.
\

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!