
"Real" APL klubiga o‘tganiga yarim yil ham bo‘lmagan futbolchini o‘z safida ko‘rmoqchi
"Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimarayshga "Real" qiziqish bildirmoqda.
Aytish kerakki, “qarg‘alar” 24 yoshli yarim himoyachini joriy qishki transferlar davrida “Lion”dan 42 million evro evaziga sotib olgan edi.
"Real" o‘tgan yozda yosh yarim himoyachi Eduardo Kamavingani sotib oldi va hozirda "Monako" yarim himoyachisi Aurelien Tchouameni kuzatib bormoqda. AS nashri xabariga ko‘ra, Gimaraysh ham “Real”ning asosiy ro‘yxatida.
Bruno “Nyukasl” safida APLda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar