
“Real” Anchelottining kursisini kimga berishni aniqlab oldi
“Real” rahbariyati Karlo Anchelotti o‘rniga yangi bosh murabbiy topib qo‘ydi. Italiyalik mutaxassis klub xo‘jayini Florentino Peres bilan chiqisha olmayapti.
Bu holat klub mutasaddilaridan yangi bosh murabbiy masalasini hal qilishni talab etmoqda. Ispaniyaning AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Real”ni boshqarishga asosiy nomzod sifatida Raul Gonsales tanlangan.
Raul klubning afsonaviy hujumchisi sifatida juda katta hurmatga ega. Bundan tashqari, Raul “Real”ning o‘rinbosarlar jamoasini muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda.
Eng qulay tomoni ispaniyalik mutaxassisni asosiy jamoani boshqarishga ko‘ndirish qiyin bo‘lmaydi. Zero, Raulning xizmatiga Angliya va Germaniya klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lyapti.
Fikrlar