
“Real” Anchelottiga syurpriz tayyorladi
“Real” rahbariyati jamoani 2021 yildan beri boshqarib kelayotgan Karlo Anchelottiga syurpriz tayyorladi.
Relevo nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Qirollik klubi” italiyalik mutaxassis bilan hamkorlikni yana ikki yilga uzaytirishga qaror qilgan.
Karlo Anchelotti ham jamoada qolishni rejalashtirmoqda.
Tajribali mutaxassis qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogi, Evropa Chempionlar ligasi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
64 yoshli Anchelotti ilgari “Everton”, “Napoli”, “Bavariya”, “Chelsi”, PSJ, “Milan”, “Yuventus”, “Parma” kabi jamoalarda ham faoliyat yuritgan.
Fikrlar