“Real” Anchelotti o‘rniga ikkita murabbiy topib qo‘ydi

  • 11 sentabr, 2023, 22:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi” joriy mavsum tugashi bilan bosh murabbiy masalasini hal qilishi talab etiladi.

Tecno

Hozirgi bosh murabbiy Karlo Anchelottining madridliklar bilan shartnomasi yozda tugaydi va u Braziliya terma jamoasini qabul qilib olishi kutilyapti.

Todofichajes nashrining yozishicha, madridliklar hozircha ikki nafar mutaxassisni ko‘zlab turibdi. Poytaxtliklar hozircha ishsiz yurgan germaniyalik murabbiy Yuliang Nagelsmann va “Bayer”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Xabi Alonsoni taklif qilishni rejalashtirgan.

Avvalroq, “Real” bosh murabbiyligiga Zinedin Zidanni qaytarish varianti ham ko‘rib chiqilayotgan edi. Frantsiyalik mutaxassis bungacha jamoani ikki marta boshqarib, katta natijalarni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!