
"Real" Alonso bilan kelishuvga erishgan!
"Real Madrid" yangi bosh murabbiy bilan kelishib oldi.
"Marca" nashrining xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati hozirda "Bayer"da ishlayotgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso bilan 3 yillik mehnat shartnomasi bo‘yicha kelishib olgan. Murabbiy joriy mavsum yakunida Madrid grandi safiga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" bu mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi va Kubokda omadsizlikka uchradi. La Liga turnir jadvalida Madrid klubi peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar