“Real” afsonasi jamoadan ketadi

  • 21 yanvar, 2024, 14:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum yakunlanishi bilan “Real” pleymeykeri Lka Modrich Madrid klubini tark etadi. Bu haqda Relevo nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, xorvatiyalik futbolchi madridliklar bilan shartnomani yangilamaydi va faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qilgan.

Avvalroq, Luka Modrich 2024 yilning yozida Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Modrich madridliklar safida 2012 yildan beri to‘p tepmoqda. 38 yoshli futbolchi yoshi kattaligiga qaramay, bir necha yillardan beri sport formasini yuqori darajada saqlab turibdi.

Joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushgan Modrich o‘z hisobiga bitta gol va beshta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!